Ot — predmet va hodisalarning nomini bildiruvchi so'z turkumi.
Otlar kishilar, narsalar, joy va tushunchalarni bildiradi. Otlar kelishiklar, son va egalik qo'shimchalari bilan o'zgaradi. Gapda ko'pincha ega yoki to'ldiruvchi vazifasini bajaradi. Savoli: kim? nima?
Sifat — predmetning belgisini bildiruvchi so'z turkumi.
Fe'l — harakat va holatni bildiruvchi so'z turkumi.
Ravish — harakat belgisini bildiruvchi so'z turkumi.
Olmosh — ot, sifat yoki sonning o'rnida keladigan so'z turkumi.