Kirish so'zlar ikki tomondan vergul bilan ajratiladi.
Kirish so'zlar — afsuski, albatta, shubhasiz, demak, ya'ni kabilar — gap tarkibiga grammatik bog'lanmay kirib keladi. Ular gap boshida, o'rtasida yoki oxirida qo'llanib, vergul bilan ajratiladi.
Darak gaplar oxiriga va qisqartmalardan keyin nuqta qo'yiladi.
So'roq gap oxiriga so'roq belgisi qo'yiladi.
His-hayajon, buyruq va chaqiriq gaplar oxiriga undov belgisi qo'yiladi.
Bir xil gap bo'laklarini sanab keltirganda ular orasiga vergul qo'yiladi.