Antonimlar — ma'nosi bir-biriga qarama-qarshi so'zlar.
Antonimlar zid ma'noli so'zlar juftligidir. Ular asosiy va yasama antonimlar bo'ladi. Asosiy: katta-kichik, oq-qora. Yasama: baxtli-baxtsiz, aqllik-aqlsiz.
Sinonimlar — ma'nosi bir xil yoki yaqin, lekin shakli turli so'zlar.
Omonimlar — shakli bir xil, lekin ma'nosi har xil so'zlar.
Paronimlar — shakli o'xshash, lekin ma'nosi har xil so'zlar.
Arxaizmlar — zamonaviy tilda eskirib, kam qo'llaniladigan so'zlar.