Arxaizmlar — zamonaviy tilda eskirib, kam qo'llaniladigan so'zlar.
Arxaizmlar tarixiy davrda faol ishlatilgan, hozir esa zamonaviy so'z bilan almashtirilgan so'zlar. Badiiy asarlarda o'sha davr atmosferasini yaratish uchun ishlatiladi.
Sinonimlar — ma'nosi bir xil yoki yaqin, lekin shakli turli so'zlar.
Antonimlar — ma'nosi bir-biriga qarama-qarshi so'zlar.
Omonimlar — shakli bir xil, lekin ma'nosi har xil so'zlar.
Paronimlar — shakli o'xshash, lekin ma'nosi har xil so'zlar.