Yuklamalar so'z yoki gaplarga qo'shimcha ma'no beruvchi yordamchi so'zlar.
Yuklamalar so'zga yoki gapga kuchaytiruv, cheklov, so'roq, to'liq tasdiqlash kabi qo'shimcha ma'nolar beradi. -mi, -chi, -ku, ham, faqat, hatto, hech kabi yuklamalar mavjud. Ular o'z mustaqil ma'nosiga ega emas.
Ot — predmet va hodisalarning nomini bildiruvchi so'z turkumi.
Sifat — predmetning belgisini bildiruvchi so'z turkumi.
Fe'l — harakat va holatni bildiruvchi so'z turkumi.
Ravish — harakat belgisini bildiruvchi so'z turkumi.